«paxta terimi» tegli maqolalar


“Klasterlar fermerga qarab o‘tirmasin, dalaga kelib, paxta terib ketaversin” — Shuhrat G‘aniyev
24 oktabr 2023, 15:51

“Klasterlar fermerga qarab o‘tirmasin, dalaga kelib, paxta terib ketaversin” — Shuhrat G‘aniyev

Kun.uz O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev ishtirokidagi yig‘ilishdan lavhani e’lon qildi. U klasterlar fermerlarga qarab o‘tirmasdan paxta terib ketishiga ruxsat berdi, shuningdek, bu jarayonga Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura rahbarlarining o‘rinbosarlarini jalb qildi.

Paxta yig‘im-terimiga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotgani aytilmoqda
27 sentabr 2022, 09:58

Paxta yig‘im-terimiga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotgani aytilmoqda

Tarmoqlarda paxta terishga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid xabarlar tarqaldi. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi. Majburiy mehnatga duch kelganlardan esa 1176 va 1092 ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Paxta terimi uchun yangi to‘lov tariflari e’lon qilindi
6 sentabr 2022, 18:25

Paxta terimi uchun yangi to‘lov tariflari e’lon qilindi

2022 yilda qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Bir tonna mahsulot xomashyosining o‘rta navi QQS bilan birga 10 mln so‘mni tashkil etadi.

Paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 65 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
1 noyabr 2021, 11:37

Paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 65 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Paxta terimi mavsumida majburiy mehnat bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln 450 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlandi. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.

Paxta terimi mexanizatsiyasini 5 yilda 60%ga yetkazish rejalashtirilmoqda. Uni 2016 yilda 80%ga yetkazish rejalashtirilgan edi
18 oktabr 2021, 12:24 1

Paxta terimi mexanizatsiyasini 5 yilda 60%ga yetkazish rejalashtirilmoqda. Uni 2016 yilda 80%ga yetkazish rejalashtirilgan edi

Prezidentning ma’lum qilishicha, keyingi 5 yilda paxta terimi mexanizatsiyasi 15%dan 60 ga yetkaziladi. 2013 yilda bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev 2016 yildan 80−90% paxta hosilini mashinada terishga o‘tilishi rejalashtirilganini aytgan edi. Bir necha yildan buyon mamlakatda paxta terimi mashinalarining tanqisligi kuzatilmoqda.

«Qashqadaryo aholisi haligacha paxtani bukilib, qo‘l mehnati bilan teradi» — Shavkat Mirziyoyev
11 oktabr 2021, 15:01

«Qashqadaryo aholisi haligacha paxtani bukilib, qo‘l mehnati bilan teradi» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryoliklar haligacha paxtani qo‘l mehnati bilan terishiga e’tibor qaratdi. Nomzod o‘z dasturida keyingi besh yilda 40% qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangilab, mexanizatsiya darajasini 90%ga yetkazish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shuningdek, u qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun subsidiyalar ko‘lamini ham ko‘paytirishni taklif qildi.

Paxta terimi uchun minimal tariflar e’lon qilindi
8 sentabr 2021, 13:36

Paxta terimi uchun minimal tariflar e’lon qilindi

Qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Terim otryadlari rahbarlariga mavsum yakuniga qadar 2 mln so‘mdan mehnat haqi beriladi.

O‘zbekiston 2020 yilda 3 mln tonnadan ortiq paxta yetishtirdi
1 dekabr 2020, 10:33

O‘zbekiston 2020 yilda 3 mln tonnadan ortiq paxta yetishtirdi

Joriy yilda O‘zbekistonda 1 mln gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 mln tonnadan ko‘proq yoki 2019 yilga nisbatan 109% paxta xom ashyosi yetishtirildi. Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Surxondaryo paxta rejasini to‘liq bajara olmadi.

O‘zbekistonda to‘rt mavsumda foydalanish mumkin bo‘lgan transformer paxta terim mashinasi ishlab chiqarilmoqda
10 sentabr 2020, 22:57

O‘zbekistonda to‘rt mavsumda foydalanish mumkin bo‘lgan transformer paxta terim mashinasi ishlab chiqarilmoqda

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida AQSHning CNHI kompaniyasi bilan birgalikda TZST CE-220 paxta terish mashinasi — transformer ishlab chiqarilmoqda. Mazkur mashinadan chigit qadashdan tortib, hosilni yiqqunga qadar dala ishlarida foydalanish mumkin.

Ayrim tumanlarda qo‘lda terilgan paxta uchun ustama haq to‘lanadi
9 sentabr 2020, 14:26

Ayrim tumanlarda qo‘lda terilgan paxta uchun ustama haq to‘lanadi

Ayrim tumanlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun 200 so‘mdan ustama haq to‘lanadi. Avvalroq qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda — 1000 so‘mdan, ikkinchi terimda — 1400 so‘mdan mehnat haqi to‘lash belgilangani xabar qilingan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting